Janubiy Koreyada samolyot halokati sababi aniqlandi. Isroil G‘azoda qayta urush ochishi mumkin

🔹 "Kichik noqulayliklar bo‘lsa-da, men izolyatorda yaxshiman", deydi o‘zi yozgan xatida Yun Sok Yol. U milliy bayramlarda vatandoshlariga qilgan murojaatlarini qayta o‘qib, davlat ishlarini qanday olib borganiga nazar tashlab, ichki xotirjamlik topganini qo‘shimcha qilgan. Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga “qizg‘in vatanparvarlik” va qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorlik bildirgan.

🔹 Eron prezidenti Pezeshkyan Moskvaga tashrif buyurgan. Safar yakunida Rossiya bilan keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi kutilmoqda.   

🔹 Suriya hukumati Eron Respublikasi va Isroil davlati fuqarolari uchun mamlakatga kirish taqiqlanganini rasman e’lon qildi.

🔹 29 dekabr kuni Muan aeroportida halokatga uchragan Janubiy Koreyaning Jeju Air aviakompaniyasi dvigatellarida qush patlari topildi. Mutaxassislarning fikricha, bu dvigatelning nosozligi qushlarning urilishi sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi nazariyani mustahkamlaydi. Bundan tashqari, bu elektr ta’minotining uzilishiga olib kelishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

🔹 Xitoy Xalq Respublikasi hukumati yaqin kelajakda materikdan Tayvanga guruhli turistik sayohatlarni qayta tiklashga qaror qildi. 

🔹 Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zining koalitsiyadagi ittifoqchilariga HAMAS bilan kelishuvning birinchi bosqichi yakunlanganidan keyin G‘azo sektoridagi urush qayta boshlanishi mumkinligini aytdi.

🔹 AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning bayonotlari fonida Grenlandiya hukumati AQShga qo‘shilishga qarshi chiqdi. “Bosh vazirimiz aniq aytganidek, Grenlandiya Grenlandiya xalqiga tegishli. Biz Qo‘shma Shtatlarning bir qismi bo‘lishni xohlamaymiz. "Biz daniyalik yoki amerikalik emasmiz" deyishmoqda ular.