Hindistonda Mudofaa shtabi boshlig‘i bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi
Hindistonning Tamilnadu shtatida bortida to‘rt nafar yuqori martabali harbiy xizmatchi bo‘lgan harbiy vertolyot halokatga uchradi, deb xabar bermoqda India Today.
Bortda, xususan, Hindiston mudofaa shtabi boshlig‘i Bipin Ravat bo‘lgan. Nashr manbalariga ko‘ra, vertolyot Hindiston harbiy-havo kuchlarining Sere shahridagi bazasidan havoga ko‘tarilgan va Vellington shahri tomon yo‘l olgan.
Hindistonda Mudofaa shtab boshlig‘i lavozimi 2019 yil dekabr oyida tashkil etilgan. Mudofaa shtabi boshlig‘i Hindiston armiyasining barcha bo‘linmalari - quruqlikdagi kuchlar, havo kuchlari va dengiz flotining harakatlarini muvofiqlashtiradi. Mudofaa shtabi boshlig‘i, xususan, mamlakat hukumati bilan mudofaa texnologiyalari va qurol-yarog‘lar xarid qilishni ham muvofiqlashtiradi. General Ravat bu lavozimga tayinlangan birinchi shaxsdir.
Vertolyot qulagan joyda 3 nafar jabrlanuvchi topilgan, ular og‘ir tan jarohatlari olib, kasalxonaga yetkazilgan. To‘rtinchi shaxsni qidirish davom etmoqda.