Hindistonlik IT-mutaxassisi Sokham Parex 4 yil ichida 80 ta kompaniyaga ishga kirishga muvaffaq bo‘ldi

U hamma joyda bir xil ish tutardi – suhbatdan o‘tgach, ishga joylashadi va 2-3 oy hech narsa qilmasdan, maosh olardi. Layoqatsizligi tufayli ish beruvchi uni ishdan bo‘shatadi va hammasi yana boshqatdan boshlanadi.

"Playground AI" asoschisi Parex tuzgan sxemani ochib tashlab, uning sirini oshkor qildi - u bir hafta o‘tib yigitni ishdan bo‘shatdi, keyin esa yana o‘nlab boshqa kompaniyalarda uning izlarini topdi. Rezyume 90 foiz soxta bo‘lib chiqdi, lekin Sokham ishga joylashish uchun bo‘lib o‘tadigan intervyularga juda puxta tayyorgarlik ko‘rishni o‘rgangan ekan.

Odatda Sokham parallel ravishda 3-4 loyihani boshqargan. Ko‘pincha, u ikki-uch oydan keyin ishdan bo‘shatilardi, lekin ba’zida uzoqroq ushlanib qolishga ham muvaffaq bo‘lgan. Ofislarda uning barcha ishlarini junlar (kichik muhandislar) yoki neyronchalar (sun’iy intellekt sohasidagi innovatsion ishlanmalar) bajarib kelgan.