«Hizb ut-Tahrir» ekstremistik tashkilotining o‘zbekistonlik yetakchisi Qirg‘izistonda qo‘lga olindi
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan mamlakat janubida “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy” diniy-ekstremistik tashkilotining yetakchisi qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, u yashirin ekstremistik tarmoqni tashkil etib, guruhning O‘zbekistondagi faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan. Shuningdek, uning sheriklari Qirg‘izistonning janubiy viloyatlarida tashkilot tuzilmalarini yaratish va mustahkamlash bo‘yicha yashirin faoliyat bilan shug‘ullangan.
Qo‘lga olingan fuqaro O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan qidiruvda bo‘lgan va shaxsini tasdiqlovchi qalbaki hujjat bilan Qirg‘iziston hududida yashirinib yurgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.