Hojilar xonadonlarda uchrashuvlar o‘tkazib, kam ta’minlanganlarga yordam ko‘rsatmoqda

Targ‘ibotchi hojilarimiz shu kunga qadar jami 1800 nafar xonadonlarga tashrif tashkil qildilar va 3200 nafardan ziyod fuqarolar bilan ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkazib, 2200 dan ziyod kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Hayotimizning barcha jabhalarida o‘zlikni anglash, o‘z qadr-qimmatini bilish, milliy urf-odatlarni saqlash, dunyoviy va diniy ilmlarga mehr bilan qarash, o‘ziga xos go‘zal holda amalga oshirilmoqda. Bunga hayotiy dalil sifatida mamlakatimizdan har yili muqaddas haj safariga minglab xojilarning borib kelishlari quvonarli hol ekanligini e’tirof etishdir.

Haj ibodati namoz, ro‘za, zakot kabi Islomning asosiy ruknlaridan biri  bo‘lib, Alloh  taolo  qodir  bo‘lgan  musulmonlarga  farz  qilgan. Alloh  taologa  behad  shukrlar bo‘lsinki, har yili yer yuzidagi millionlab  musulmonlar  qatori  vatanimizdan  ham  minglab fuqarolarimiz bu jismoniy,  moliyaviy  va  ma’naviy ibodatni ado etib qaytishmoqda. Bu muborak ibodatning ajri va darajasi ham ulug‘dir. Bu haqda Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilap: “Arafa kuni Alloh osmonga tushadi va ular (hojilar) ila fapishtalapga maqtanib: “Bandalapimga qapanglap! Typli joylapdan o‘zlarini xop tutib hyzypimga keldilap. Cizlap guvoh bo‘linglap, men ylapning gynohlapini kechdim”, deydi”.

Abu  Hurayra  roziyallohu  anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda shunday deyiladi: "Kim  Alloh uchun haj qilsa, fahsh so‘z aytmasa va fisqu-fasod  qilmasa, huddi  onasi  tuqqan  kunidek (begunoh bo‘lib) qaytadi”.

Joriy yil 5 iyun kuni Prezidentimizning Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan haj mavsumi jarayonlari, Makka va Madina shaharlarida ziyoratchilarga yaratilgan sharoitlar va hamyurtlarimiz kayfiyati to‘g‘risida o‘tkazgan telefon orqali suhbati yurtimiz musulmonlari tomonidan tarixiy voqea sifatida baholandi. Bundan barcha ziyoratchi shodlandi. Davlatimiz rahbari yurtdoshlarimizning muqaddas haj ibodatini mukammal ado etib, sog‘-omon kelishlarini tilab, O‘zbekistonga qaytgach, hojilar jamiyatdagi mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lishlariga umid bildirdi.

Davlat rahbari tomonidan ko‘rsatilgan e’tibordan ruhlangan hojilar Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligida ezgu tashabbus loyihasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra o‘zbekistonlik hojilar yurtga qaytganlaridan keyin “Yangi O‘zbekiston fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” shiori ostida faoliyatni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilishgan edi.

Alloh nasib qilib, Haj va Umra ziyoratlarini ado qilib qaytgan odam o‘zining chiroyli hulqi, kamtarinligi va ilmi bilan boshqalarga ibrat bo‘lishi, isrofgarchilik va maqtanchoqlikdan tiyilishi, nojo‘ya qadam bosishga moyil yoshlarni o‘zlarining qimmatli maslahatlari bilan to‘g‘ri yo‘lga boshlashi kerak.

2024 yil Samarqand viloyatidan jami 950 nafar kishi haj amalini ado etib qaytdi. Ularga tajribali 18 nafar imom xatiblar hamrohlik qildi. Hojilarimiz muborak zaminda Haq taoloning farzi – Haj amalini chiroyli ado etib, sog‘u salomat o‘z yurtiga yetib keldilar. Endilikda hojilik baxtiga muyassar bo‘lgan hamyurtlarimizning vazifalari jamiyatda barchaga o‘rnak bo‘lib, yoshlarni ilm-ma’rifatga chaqirish, aholini ezgu ishlarga boshlash, yomonlikdan qaytarish, mahallalarda ma’naviy ishlar samaradorligiga erishish uchun hissalarini qo‘shish va kam ta’minlangan kishilarga yordam ko‘rsatish ishlarida yetakchilik qilishdan iborat bo‘ladi. Bu xayrli ishlarni hojilarimiz imom-xatiblar hamkorligida mahallalarda boshlab yuborganlar. Ular atrof mahallallarda adashganlar bo‘lmasligiga erishish, jamiyatda ahil-inoqlikni mustahkamlash, oilalar totuvligini ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish kabi ezgulik ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Shuningdek, ushbu tadbirlar davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, uzoq muddatga xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolarning oila a’zolari va borib kelgan fuqarolar, muammoli va ajrim yoqasidagi oilalarni isloh qilish uchun ular bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ma’rifiy suhbatlar tashkil qilinmoqda.

Agar raqamlarga e’tibor qaratsak, targ‘ibotchilarimiz shu kunga qadar jami 1800 nafar xonadonlarga tashrif tashkil qildilar va 3200 nafardan ziyod fuqarolar bilan ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkazib, 2200 dan ziyod kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Yoshi ulug‘larning pandu-nasixatlari hamma zamonda yosh avlod uchun dasturul amal bo‘lib kelgan. Ayniqsa, ibodatli, savobli amallarni ko‘p bajaradigan, fazilatli kishilarning aytgan agplari ta’sirchan bo‘ladi. Haj ibodatini ado etib, gunohlardan forig‘ bo‘lib qaytgan kishilar ham shular jumlasidandir. Hojilarimiz pandu nasihat, to‘g‘rlikka dav’at va xayru saxovat ishlarida bardavom bo‘lib, jamiyatda ahil-inoqlikni mustahkamlash, farovonlik yo‘lida o‘z say’ harakatlarini ayamaydi degan umiddamiz.

Alloh taolo Vatanimizda tinchlik va osoyishtalik, ahillik va hamjihatlikni, xalqimiz hayotini yanada erkin, obod va farovon bo‘lishini nasib aylasin!   

Yoqubjon domla Mansurov

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi.