Hokim va prokurorlar gaz va elektr energiyasi masalasida ogohlantirildi
Yig‘ilishda energiya resurslari iste’molida tartib-intizom haligacha to‘liq ta’minlanmagani tanqid qilindi.
O‘tgan yetti oyda hududlarda 160 million kilovatt soat elektr va 290 million kub metr gaz noqonuniy ishlatilib, tarmoq korxonalariga 355 milliard so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Bu borada Bosh prokuratura va Energiya inspeksiyasi tizimiga katta vakolat va resurslar berilgani, lekin ular yo‘qotishlarni oldini olish bilan emas, balki oqibati bilan kurashayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar va departament rahbarlari qaysi tumanda energiyani o‘g‘rilash davom etsa, noreal qarzdorlik oshib ketsa, elektr va gaz rahbarlariga qo‘shilib javobgar bo‘lishi haqida ogohlantirildi.
- Yana bir bor ta’kidlayman. Bir-ikki oydan so‘ng kuz-qish mavsumi boshlanadi. Uni betalafot o‘tkazish, energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini kafolatli yetkazib berish bo‘yicha ishlarni hozirdanoq boshlash zarur, - dedi davlat rahbari.