Hokim yordamchilari Xitoyda amaliyot o‘taydi

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda "Chongqing" xalqaro hamkorlik trening markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, yurtimiz mahallalaridagi 9 ming 400 nafar hokim yordamchilari «Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish» mavzusida ikki hafta mobaynida xitoylik mutaxassislardan onlayn ta’lim oladi.

Mazkur loyihaning 2-bosqichida 200 nafar hokim yordamchilari shu yilning kuz oylarida Xitoyda ikki haftalik amaliyot o‘taydi.

Mazkur amaliyotni o‘tash bilan bog‘liq xarajatlar "Chongqing" xalqaro hamkorlik trening markazi tomonidan qoplab berilishi ko‘zda tutilgan.