Holvaning haqi

Bir qariya keksaligi tufayli kasalxonaga tushib qoldi. Bir yigit har kuni ko‘rgani kelardi. U bilan birga o‘tirardi. Otaning ovqatlanishiga yordam qilardi.

So‘ng yuvintirib, shifoxona hovlisini sayr qildirardi. Otaxon charchagach, xonasiga keltirib yotqizardi. Mehr bilan ustini yopar va"Yaxshi dam oling, ota", deb chiqib ketardi.

Xonaga kirgan hamshira qariyadan so‘radi:
- Subhanalloh! Amaki, shu yigit o‘g‘lingizmi, har kun kelib sizga juda g‘amxo‘rlik qiladi?

Otaxon deraza tomonga tikilgancha:
- Qani edi o‘g‘illarimdan biri bo‘lganda... Bu yigit bolaligida yetim bo‘lib qolgan, qo‘shni mahalladan. Bir kuni u bolalik paytida masjid eshigi oldida yig‘lab turganini ko‘rdim. Uning boshini siladim, yetaklab holvachini oldiga bordim va shirin holvadan sotib olib berdim. U xursand bo‘lib yeb oldi.

Keyinchalik yolg‘iz qolganimizni bilib qolibdi, kampirimni o‘z uyiga olib bordi va kelinga parvarish qilishni tayinladi, meni esa yo‘q deyishimga qaramay shu yerga yotqizib ketdi. O‘shandan beri har kuni holimdan xabar oladi. Men undan "Nega bizni deb o‘zingni shunchalik mashaqqatga qo‘yasan, o‘g‘lim?", desam, u tabassum qilib "O‘sha holvaning ta’mi haligacha og‘zimdan ketmaydi, ota" deydi.

Ko‘zlari havasdan porlagan hamshira labini tishlagancha xonadan chiqib ketdi.