Hozir: Hindistonlik ishbilarmon doira vakillari Samarqandda
Hindistonning Gujarat shtati bosh vaziri Vijay Rupani boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, delegatsiyani Samarqand temir yo‘l vokzalida viloyat hokimligi vakillari kutib oldi.
Ayni paytda viloyat hokimligida Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov Hindistonning Gujarat shtati bosh vaziri Vijay Rupani hamda delegatsiya a’zolari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazmoqda.
Delegatsiyaning tashrif dasturiga muvofiq, bugun Samarqandda hindistonlik va viloyat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.