“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialida qo‘shimcha Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Shu vaqtgacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarning elektr energiyasi bilan bog‘liq murojaatlarini o‘z vaqtida hal qilish maqsadida respublika miqyosida faoliyat yuritadigan 1154 qisqa raqamli Call-markaz tashkil qilingan.
Bugungi kunda elektr energiyasi iste’molchilarining takliflarini inobatga olgan holda hamda iste’molchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan ham qo‘shimcha (55) 707-60-60 raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda, bu orqali iste’molchilar elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tezkor yordam olishlari mumkin.
Shuningdek, iste’molchilar mazkur Call-markaz operatorlariga bog‘lanib, yashab turgan hududlaridagi elektr energiyasi ta’minotidagi kamchiliklar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishlari mumkin.
Filial negizida faoliyat yuritayotgan ushbu Call-markazga kelib tushayotgan murojaatlar kechayu kunduz qabul qilinadi. Qo‘ng‘iroqlar butun viloyat bo‘ylab qabul qilinadi.