Samarqand elektr tarmoqlari korxonasi mansabdori JKning 167-moddasi bilan ayblanmoqda: Bu nimani anglatadi?

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat prokurorining shu yil 13 oktyabrdagi qarori bilan “Samarqand HETK” AJning tizimidagi Samarqand ETK bo‘limi boshlig‘i va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Samarqand tuman ETK va Samarqand magistral elektr tarmoqlari korxonasining mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan ham JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga yuborilgan.

Xo‘sh, jinoyat kodeksining 167-moddasi nimani anglatadi?

Ushbu modda “O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish” deb nomlanadi. Sud hujjatida mazkur moddaning 3-bandi bilan ish qo‘zg‘atilgani aytilgan. Bundan ko‘rinadiki, o‘zlashtirish juda ko‘p miqdorda amalga oshirilgan.

205-moddada qanday jinoyat nazarda tutilgan?

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, mansabdor shaxsning o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa 205-moddaga tushadi.