Hududlarda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Samarqand viloyati moliya bosh boshqarmasida Moliya vazirligi Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash departamenti direktori o‘rinbosari Ikromjon Nasrullayev ishtirokida “Hududlarda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat mutasaddi tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi va O‘zbekistonning iqtisodiy, siyosiy-huquqiy reytinglardagi natijalarini ko‘tarish, hududlarda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

Seminarda mutasaddilar taklif va mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Viloyat moliya bosh boshqarmasi axborot xizmati.