Hukumat qarori bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi: Tuzilmada bir qator o‘zgarishlar bor
Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2021 yil 18 martdagi 380-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi. Endi mahallada xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga bo‘ysunadi.
Undan tashqari bir necha vakolatlarga ega «Mahalla nazorat guruhi» ham tashkil etiladi. Ushbu guruhga ham MFY raisi rahbarlik qiladi.
Hokim yordamchilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri rais rahbarlik qilmasa-da, qarorda «Mahalla nazorat guruhi»ning asosiy vazifasi sifatida hokim yordamchilarining faoliyati ustidan ham jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.