Ichki ishlar idoralari xodimlariga ehtirom ko‘rsatildi
- 25.10.2019 11:33
- 324
- Samarqand
25 oktyabr - O‘zbekiston Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi shaxsiy tarkibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Boburmirzo Obloqulov so‘zga chiqib, sharafli va mas’uliyatli kasb egalarini hamda ular orqali yurtimizning barcha ichki ishlar idoralari xodimlarini tabrikladi.
– Yurtimizda xizmat burchini sidqidildan ado etayotgan kasb egalari mehnati doimo qadrlangan, – dedi hokim. – Shunday insonlar safida ichki ishlar idoralari xodimlarining ham o‘rni bor, albatta. Shu bois sizlarga e’tibor qaratish, xalqimiz uchun qilayotgan xizmatlaringizni munosib baholash bizning vazifamiz.
Tadbirda sohada ko‘p yillar mehnat qilgan, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida samarali xizmat qilayotgan ichki ishlar idoralari xodimlariga shahar hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 55 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!