Samarqand shahar hokimligidan tadbirkor foydasiga 780,4 million so‘m kompensatsiya undiriladi
- 25.07.2024 15:51
- 571
- Iqtisodiyot
Aslida da’vogar 1,1 milliard so‘m so‘ragan. Mulkni baholash jarayonida bu qiymat o‘zgargan.
Shahar iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra, hokimlik 15,6 million so‘m davlat boji ham to‘lashi belgilandi.
Mulk 2017 yilda buzilgan.
Aniqlanishicha, mulkdorga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya ajratishni so‘rab yo‘llagan murojaatiga Samarqand shahar hokimi tomonidan 2023 yil 27 aprelda berilgan javob xatida Samarqand shahrida joylashgan ofis binosi buzilishga tushganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinganidan so‘ng kompensatsiya to‘lanishi bildirilgan.
Shundan so‘ng da’vogarning Samarqand tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan arizasi qanoatlantirishdan rad etilgan.
Qariyb yetti yillik tortishuvdan so‘ng iqtisodiy sud tadbirkorga 780,4 million so‘m to‘lanishi kerak, degan qaror chiqargan.