Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasida bo‘ldi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor B.Mirzarahimov Samarqand viloyati Transportda XTBda bo‘lib, boshqarma navbatchilik qismining tezkor kriminogen vaziyatning nazorati, tergov-tezkor guruhi xodimlarining hushyorligi, bilim saviyasi, jangovarlik holati bilan tanishdi.
Boshqarma binosidagi xizmat, oshxona, yuvinish xonalarini ko‘zdan kechirib, xodimlar uchun ilgari bunday sharoitlar bo‘lmaganligini ta’kidladi va hozirgi kunda Prezident tomonidan ichki ishlar tizimida olib borilayotgan islohotlarning asl mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari yangi qurilayotgan navbatchilik qismi binosining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalarini berdi.
Bundan tashqari, Jomboy, Zarafshon va Bulung‘ur temir yo‘l bekatlariga tashrif buyurib, xodimlarning xizmat faoliyatini o‘rgandi. Xizmat hududida xavfsizlikni ta’minlash, bekatlardagi ko‘mir mahsulotlarini tashish va saqlashda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish va mahsulotlarning talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Vazir o‘rinbosari HPB va PPX xodimlarining Samarqand temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilar transport harakat xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.