Ijtimoiy ahamiyatga ega viloyat miqyosidagi loyihalar uchun grant e’lon qilindi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi “Yoshlarni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash hamda bandligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida to‘rtinchi davlat grantini ajratish uchun tanlov e’lon qiladi.
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- Yoshlarda, ayniqsa uyushmagan, tarbiyasi og‘ir bo‘lgan yoshlarda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, bandligini ta’minlash, ularni jamiyatdagi moslashuviga ko‘maklashish;
- O‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash hamda bandligini ta’minlash, sportga keng jalb qilish, ularning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish.
- Sog‘lom farzandlarni dunyoga kelishining muhim omili sifatida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlashga, bolalarning tug‘ma kassalliklar va nuqsonlar bilan dunyoga kelishining oldini olish va profilaktikasiga bag‘ishlangan materiallar tayyorlash, aholi o‘rtasida targ‘ib etish, oila qurish yoshidagi yigit va qizlarning ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyorlashga, oilaning muqaddasligi va jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligini ularning ongiga singdirishga ko‘maklashish;
- Viloyatda turizm sohasida yangi yo‘nalishlarni targ‘ib qilish, aholini ichki turizmga jalb etish orqali milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, turizm sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning tajribasini oshirishda yoshlarning ishtirokini kengaytirishga ko‘maklashish;
- Nuroniylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning boy tajribasi, foydali maslahatlarini yoshlarga chinakam tarbiya maktabi sifatida singdirish.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 60 million so‘mgacha.
Hujjatlar 2023 yil 28 sentabrdan 28 oktabrgacha har kuni (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 701-35-95, (93) 341-13-31