“Ijtimoiy ko‘cha” qachon tashkil etiladi?

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishlari uchun har bir tuman-shaharda bittadan “ijtimoiy ko‘cha” tashkil qilish kerak.

Bu topshiriq davlatimiz rahbari tomonidan 2024 yil 13 dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda  berilgan.

Topshiriqqa ko‘ra, “ijtimoiy ko‘cha”lar 1 avgustga qadar foydalanishga topshirilishi kerak. Biroq bu borada faqat Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari hamda Jomboy tumanida zarur yumushlar boshlangan.

Xususan, “Ijtimoiy ko‘cha” tashkil etish bo‘yicha qurilish-pudrat tarmoq jadvali, loyiha smeta hujjjatlari ishlab chiqilib, moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritilgan.

Boshqa birorta hududda shaharsozlik norma va qoidalari talablari asosida “ijtimoiy ko‘cha”larni  tashkil etish ishlari boshlanmagan.

Vaholanki, mazkur masala joriy yilning 7 mart kungi viloyat hokimligi apparat yig‘ilishida muhokama qilinib, tuman-shahar hokimliklariga aniq topshiriqlar berilgan. 

Shu haftada o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida mutasaddilarga Prezident qo‘ygan talabni bajarish yana bir marta eslatildi.