Ikkinchi marta karantin qoidalarini buzgan fuqaro javobgarlikka tortildi
Bugun, 27 aprel kuni Samarqand shahri, Taraqqiyot ko‘chasida karantin qoidalariga zid, niqobsiz yurgan fuqaro A.I. IIB hamda Milliy gvardiya xodimi tomonidan to‘xtatilib, unga karantin qoidalari tushuntirilgan, niqob taqib olishi so‘ralganida qonuniy talablarni bajarmasdan, xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan.
Fuqaro A.I. huquq-tartibot idorasiga olib kelinib aniqlanishicha, u muqaddam ham xuddi shu tarzdagi huquqbuzarlik sodir etgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan ekan.
Nurobod tumani ma’muriy sudining qaroriga asosan, fuqaro A.I. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 194-moddasining 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ayblanuvchining karantin qoidalariga rioya etmaganlik holati yuzasidan Samarqand shahar DSEOM tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Nurobod tumani ma’muriy sudi.