Ikkita mamlakatda soxta COVID-19 vaksinasi qo‘llanilgani aniqlandi

Amerikaning Pfizer kompaniyasi Meksika va Polshada o‘zining COVID-19 vaksinasining soxta nusxalarini aniqladi, deya xabar bermoqda Wall Streyet Journal.

Gazetaning yozishicha, Meksika klinikasida taxminan 80 kishi go‘yo Pfizer/ BioNTech tomonidan chiqarilgan, aslida esa soxta vaksinaning har bir dozasini taxminan 1000 AQSh dollaridan olgan. Meksikada topilgan flakonlarda soxta yorliq borligi xabar qilingan.

O‘z navbatida, Polshada soxta vaksina aslida ajinlarga qarshi davo vositasi bo‘lgan. Polsha rasmiylari hech kim soxta vaksinani olishga ulgurmaganligini aytishmoqda.

Nashrda ta’kidlanishicha, flakonlar Polsha va Meksika rasmiylar tomonidan tergov davomida olib qo‘yilgan, shundan so‘ng Pfizer ularning soxta ekanligini tasdiqlagan.