Illatning o‘zi bilan emas, sababi bilan kurashish kerak
Gap korrupsiya illati haqida bormoqda.
Chunki poraxo‘rlik hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan xavfli jinoiy hodisa.
Bu holat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Chunki davlat organlari xodimlari moddiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy foyda ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalanishlari mumkin. Faqat ulargina korrupsiya faoliyatining sub’yektlari hisoblanib, munosabatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan qarorlar qabul qilish yoki harakatlar sodir etish uchun hokimiyat vakolatiga ega bo‘ladi.
Bu illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldir.
Korrupsiyaga qarshi kurashda zamonaviy axborot texnologiyalardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish, inson omilisiz onlayn dasturlarni har bir sohaga joriy etish va adolatli hamda shaffof tizimni yaratish zarur. Jumladan, statistika sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida barcha faoliyat turlarini axborot texnologiyalariga o‘tkazish bo‘yicha zarur ishlar qilingan.
Fazlulloh Eshonqulov,
viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.