Immunitet mustahkam bo‘lishi uchun nimalar kerak?
Chiniqqan immunitet yarim boylik, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yuqorida salomatlikning eng oddiy shartlarini sanab o‘tamiz.
Sovuq dush sog‘lom turmush tarzini saqlashda eng yaxshi yordamchilardan biridir. Bu uchun, albatta, bolalikdan ko‘nikib borish kerak bo‘ladi. Havo vannalari va suv muolajalari asab tizimini mustahkamlaydi, yurak va qon tomirlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qon bosimi va metabolizmni muvofiqlashtiradi.
Choy
Har kun ikki piyola qora choy ichish inson immuniteti uchun mas’ul bo‘lgan qon hujayralari faolligini oshiradi. Biroq, choyni ovqatdan yarim soat farq bilan ichish kerak. Bu xususiyat faqat yuqori sifatli choylarga tegishli.
Xushvaqt bo‘ling
Olimlar ijobiy hissiy munosabatda bo‘lgan odamlar ko‘proq baxtiyor, xotirjam, g‘ayrat va shijatli bo‘lishlari va ularning shamollashga kamroq moyil ekanligini ta’kidlashadi. O‘yin-kulgi, yaxshi kayfiyat sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismidir.
Tiniqib uxlash
Uyqu - sog‘lom bo‘lishning eng yaxshi usullaridan biri. Bir kecha-kunduzda 7-8 soat uxlaydigan odamlar, albatta, to‘g‘ri qilishadi. Tungi uyqu paytida immunitetni mustahkamlovchi fermentlar ishlab chiqariladi.
Ozodalik
Qo‘lni toza tutish salomatlik garovi. Bu immunitetni mustahkamlovchi bog‘cha yoshidan uqtirib boriladigan eng oddiy va eng zarur qoida.
Hammom
Kun ora yengil yuvinib olish, vanna qabul qilishdan tashqari har hafta bug‘li hammom uchun bir soat ajrating. Tajribalar tez-tez hammomga boradiganlar boshqalarga nisbatan kam shamollashlarini ko‘rsatgan. Hammomning issiq havosidan nafas olish patogen viruslar va bakteriyalarni yo‘q qilishga yordam beradi.
Tana vaznini bir me’yorda tutish
Ortiqcha vazn bilan bir qatorda vazn yetishmasligi ham salomatlik muvozanatini izdan chiqaradi. Shu ikki holning qaysi biri bo‘lsa ham tuzatishga harakat qiling. Bularning ikkalasi ham qo‘llab-quvvatlovchi va yurak-qon tomir tizimlarining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi. Ochiq havoda piyoda sayr esa sokinlik bag‘ishlaydi.
Shuningdek, baquvvat immunitetni hosil qilish uchun organizmda foydali bakteriyalarni ko‘paytiradigan ovqatlar iste’mol qilish zarur. Ular probiotiklar deb ataladi va piyoz, sarimsoq, banan kabilarni o‘z ichiga oladi.
Immun tizim ishiga jiddiy xalal beruvchi kam harakatlilik, ortiqcha ovqatlanish, mavsumga mos kiyinmaslik va spirtli ichimliklar iste’moli haqida ham eslab qo‘yish zarar qilmaydi.