Imom Buxoriy majmuasi yaqinida 4 yulduzli mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Joriy yilning 3 avgust kuni Amerikaning «GMFR-AL-BUKHARIY» kompaniyasi Prezidenti  Dilyaver Gulyam  Imom Buxoriy majmua hududida 4 yulduzli mehmonxona qurilishiga start berilishi tamal toshi qo‘yish marosimini ochish uchun Samarqandga tashrif buyurdi.

Bu haqda Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmonxona 3 qavatli, 100 o‘rinli xonadan iborat bo‘ladi. U xalqaro halol standarti asosida quriladi.

Bundan tashqari, mehmonxonada restoran, bar  va konferensiya zali bo‘ladi. 

Tamal toshini qo‘yish  marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari B. Nurullayev va Payariq tumani hokimi D.Musinov ishtirok etishdi.

Dilyaver Gulyam barchani qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, uning ota-bobolari aynan shu zaminda yashaganligi sababli, u bu yerda mehmonxona qurishdan juda baxtiyorligini bildirdi.