Imomali Rahmon Tojikistonda koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi
- 26.01.2021 16:28
- 77
- Xorij
"Tojikiston "COVID-19" ni to‘liq mag‘lub etdi. Hozir Tojikistonda koronavirus yo‘q, biz uni butunlay yo‘q qildik", dedi Prezident Imomali Rahmon parlamentga yo‘llagan yillik murojaatida.
Shunday bo‘lsa-da, u aholini xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi.
"Biz bo‘shashmasligimiz, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalarini unutmasligimiz zarur", dedi Prezident.
Imomali Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston hukumati o‘tgan yili milliy sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,6 milliard somoniy (145 million dollardan ortiq) ajratgan va mamlakatda 30 ga yaqin yangi kasalxonalar zudlik bilan foydalanishga topshirilgan.
Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 kundan beri Tojikistonda koronavirus infeksiyasining yangi holatlari aniqlanmadi.