Imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga ko‘ra, holat Ishtixon tumanida sodir bo‘lgan.
Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “X.e.” fermer xo‘jaligi rahbari M.J. xo‘jalikka chorvachilikni rivojlantirish va xorijdan naslli chorva mollari olish uchun ajratilgan 780 mln so‘m imtiyozli kredit evaziga xorijdan olib kelingan 31 bosh naslli qoramollarni sotib yuborib, kredit mablag‘ini o‘zlashtirganligi aniqlangan.
Shu kabi, Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.O.” MChJga baliqchilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 490 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini MChJ rahbari A.O‘. boshqa maqsadlarda sarflab, o‘zlashtirib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.