Indoneziyada niqob taqish chora-tadbirini buzganlarni tobutlarga yotqizishdi

Indoneziyaning Probolingo shahri ma’muriyati va volonterlar niqob taqish rejimini buzgan qoidabuzarlarni tobutga yotishga majbur qildilar. Bu haqda 8 sentyabr kuni The Jakarta Post nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi chora 50 nafar mahalliy bozor sotuvchilariga nisbatan qo‘llangan. Qoidabuzarlar tobutlarda yotgan vaqtda volonterlar ularga koronavirus infeksiyasidan vafot etgan odamlar haqida so‘zlab bergan, odamlarga ularni tomosha qilishiga va suratga tushishiga ruxsat ham berilgan. Biroq biroz vaqt o‘tganidan so‘ng mahalliy gubernator noqonuniy “mashg‘ulotlarni” to‘xtatishni buyurgan.

Bundan tashqari, ayrim qoidabuzarlar bir hafta davomida savdo qilish huquqidan mahrum qilingan va ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari uch oyga olib quyilgan. Qo‘shimchasiga, ularga bozorni tozalash kabi majburiy mehnat jazosi ham xavf solmoqda.