Inflyasiya dunyo bo‘yicha ko‘p yillik rekordlarni yangilamoqda

Dunyo bo‘ylab inflyasion bosim kuchayib, rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda, deb yozadi MarketWatch.

Shunday qilib, Janubiy Koreyada iste’mol narxlari o‘sishi iyun oyida 6 foizga tezlashdi va 1998 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Natijada, tahlilchilar mamlakat Markaziy banki kelasi hafta bo‘ladigan yig‘ilishda stavkalarni oshirishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Bir kun oldin Turkiyada inflyasiya deyarli 79 foizni tashkil etgani ma’lum bo‘ldi, bu so‘nggi 24 yildagi rekord ko‘rsatkichdir.

Indoneziyada o‘tgan oyda narxlarning yillik o‘sishi 4,35 foizga tezlashdi, bu 2017 yil yozidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Dunyoda inflyasiya tezlashishi pul-kredit siyosatini murakkablashtira boshlagan markaziy banklar uchun asosiy muammoga aylangani bor gap.

Shu bilan birga, o‘ta yumshoq o‘n yillik pul-kredit siyosatidan so‘ng qarz olish narxi oshishi iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga yoki hatto retsessiya (chekinishi)ga olib kelishi mumkin, deya xavotir bildirmoqda tahlilchi va bozor ishtirokchilari.