Infografika: Chat-botlar ma’lumotlarni qayerdan oladi?

Odamlar muloqot, maslahat yoki ma’lumot olish uchun tobora chat-botlarga ko‘p murojaat qilmoqda. Qidiruv mexanizmlari esa bu so‘rovlarga tayyor javoblarni yaratish uchun ko‘proq neyron tarmoqlardan foydalanadi.

Shu yerda mantiqiy savol tug‘iladi: "Chat-botlarning o‘zi foydalanuvchiga taqdim etayotgan ma’lumotlarni qayerdan olib beryapti?".
Amerikaning «Semrush» jamoat kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, ChatGPT tilning nozik tomonlarini tushuna bilish va o‘rganish bo‘yicha faktlarni qidirishda ko‘pincha «Reddit» va «Wikipedia»ga murojaat qiladi. Geografik ma’lumotlarni tasdiqlaydigan modellar esa odatda “Mapbox” va “OpenStreetMap”dan foydalanadi.

Semrush mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, chat-bot bergan ma’lumotlarning 40 foizidan ortig‘i «Reddit» ijtimoiy tarmog‘idagi iqtiboslar bo‘lib chiqdi, 26 foizdan ortig‘i esa dunyodagi eng mashhur onlayn-ensiklopediya Wikipediadan olinadi.