Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi
Maslahat kengashi Sun’iy intellekt bo‘yicha milliy strategiyamizni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish jarayonida jamoatchilik fikrini o‘rganishi ko‘zda tutilgan. Unga vazir maslahatchisi Bobur Rahimov boshchilik qilmoqda.
Kengash doirasida sun’iy intellektdan foydalangan holda amaliy tajribalar o‘tkazish va ularni imkon qadar qisqa vaqt ichida mamlakat iqtisodiyotiga tatbiq etish uchun tadqiqotchilarni kompaniyalar bilan birlashtiradigan ishchi guruhlar tuziladi.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov esa Kengashining faxriy raisi hisoblanadi.
Kengash ishida xususiy sektor, ilmiy va ekspert doiralari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari, taniqli jamoat arboblari ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Mazkur kengashning faoliyatiga qiziqish bildirganlar uzaicouncil@gmail.com elektron pochtasi yoki https://instagram.com/aicounci... instagram sahifasi orqali o‘z takliflarini yozib qoldirishlari mumkin, deyiladi Innovatsion rivojlanish vazirligi xabarida.