Inson faoliyati tufayli yer o‘qi siljigan
Inson sivilizatsiyasi Yer aylanishini o‘zgartirdi, deyishmoqda olimlar. 1993 yildan 2010 yilgacha odamlar chuqurlikdan shunchalik ko‘p suvni tortib oldilarki, sayyora sharqqa deyarli 80 santimetr egildi.
Yer o‘qi holati yer qobig‘iga nisbatan o‘zgarishini avvalgi tadqiqotlar ham ko‘rsatadi. Bunga ta’sir qiluvchi asosiy jarayon suvning harakatidir.
Olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 17 yil davomida odamlar 2150 gigaton yer osti suvini chiqargan. Buncha hajm dengiz sathini bir vaqtning o‘zida 6 millimetrga ko‘tarishi mumkin.
Suvning Yer aylanishini o‘zgartirish qobiliyati 2016 yilda kashf etilgan bo‘lsa-da, bu o‘zgarishlarga yer osti suvlarining o‘ziga xos "hissasi" noma’lumligicha qolgandi. Yangi ilmiy ish kompyuterda modellashtirish yordamida amalga oshirildi.
Olimlar yer osti suvlarini qayta taqsimlashning turli ssenariylarini ko‘rib chiqishdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, model me’yordan 78,5 santimetr yoki yiliga 4,3 santimetrga og‘gan. Yer osti suvlari olinadigan mintaqalar ham qutblar siljishiga ta’sir qiladi.
1993 yildan 2010 yilgacha eng ko‘p yer osti suvlari Shimoliy Amerikaning g‘arbiy qismi va Hindiston shimoli-g‘arbiy qismidan chiqarilgan. O‘qning siljishi uzoq geologik vaqt davomida iqlimga ta’sir ko‘rsatishi ko‘rsatilgan. Keyingi tadqiqotlar natijasida olimlar so‘nggi 100 yil ichida suv zaxirasi o‘zgarishlarini aniqlash va ular global isishga hissa qo‘shganmi yoki yo‘qligini tushunishga umid qilmoqda.