Inson hayotda bir marta yashamaydi

«Odam dunyoga bir marta keladi. Davringni surib qol!». Ayrim kishilarning o‘zini o‘zi yaxshiroq yashashga undovchi bu so‘zlarni ko‘p eshitasiz, ammo buni qarangki, tadqiqotlarga ko‘ra, aslida odamlar tekshirib ko‘rilsa, ilgari ham yashagan bo‘lib chiqar ekan.

 

Gap shundaki, fan, jumladan, tibbiyot qanchalik rivojlanganiga qaramay, inson miyasi faoliyati jumboqligicha qolmoqda. Bepoyon koinot 10 milliard asab hujayra - neyronlar bilan o‘zaro aloqada. Inson miyasini o‘rganishga urinish hayratomuz kashfiyotlarni yuzaga chiqarmoqda.

...Ioxannes Butlyer G‘arbda mashhur ruhshunos va gipnozchi. O‘z mijozlariga o‘tmishga sayohatni tuhfa qiladi. Mana, Butlyer qarshisida kundalik hayot tashvishlaridan charchagan Haydi Korbis o‘tiribdi. Bu ayol televideniye diktori. Qirq yoshli sohibjamol ayolni tug‘ilganiga qadar bo‘lgan o‘tmishga va oldingi hayotiga qaytarib bo‘larmikan?

Ruhshunos asta-sekinlik bilan Haydini bolaligiga qaytaryapti. Gipnoz uyqusida u xotirasida jonlangan voqealarni aytib bera boshladi.

- Endi sen besh yoshdasan, - dedi Ioxannes, - qayerda turibsan?

- Men Vindish - Laybaxdaman, - shivirlab javob berdi ayol. - Kichknagina ibodatxona, yonimda tobut va ruhoniy.

- Biz sen dunyoga kelishingdan oldingi o‘tmishda turibmiz. Endi nimani ko‘ryapsan?

- Yelkanga o‘xshash oppoq matoni, u juda yorqin… Quyosh charaqlab turibdi, katta daraxtni ko‘ryapman…

- Bu joy qayer?

- Shotlandiya!

- Sen o‘zingni ko‘ryapsanmi?

- Yo‘q, sezyapman.

- Yana nimalarni ko‘ryapsan?

- Xona, katta stol, likopcha, ko‘katlar, krujka.

- Isming nima?

- Luiza.

- Nechanchi yil?

- 1617 yil.

- Qayerda turganingni bilasanmi?

- Bilmayman. Hech narsani ko‘rmayapman, ko‘rishni ham istamayman. - Gipnoz qilingan ayol asabiylasha boshladi, entikib nafas oldi.

Gipnozchi Haydini uyg‘otdi. Qadim o‘tmishga qaytish ayolga yoqmagan edi. U oldin ham dunyoga kelgani, qanday yashab o‘tganini eslashni istamadi.

Yana bir voqea AQShda XX asr ikkinchi yarmida ro‘y bergandi. Filadelfiyalik vrach vaqti-vaqti bilan davolashga gipnozni qo‘llay boshlaydi. 1955 yilda o‘zining 37 yashar rafiqasiga gipnoz seanslarini qo‘llab, uni o‘tmishga qaytarishga urindi. Seanslardan birida kutilmaganida xotini past erkak ovozida Skandinaviya lahjasida gapira boshladi.

Xonim erkakligi, ismi Yensen Yakobi ekanligini ta’kidlardi. So‘ngra u savollarga begona tilda javob bera boshladi. Vrach u qandaydir skandinaviya tilida gapirayotganini angladi.

Keyingi seanslarga bir necha skandinaviylik mutaxassislar, jumladan, shvyed olimi Nils Salin - Filadelfiyadagi Amerika - shved tarixiy muzeyisobiq direktori taklif qilindi. U ayol qadimgi shved tilida gapirayotganini, biroq savollarni zamonaviy shved tilida tushunayotganini aytdi.

Bunday hodisalarni bugun fan izohlab berishga ojiz. Yuqoridagi vaziyatlar tafsilotiga ko‘ra, ehtiyot bo‘lib xulosa qilish mumkin: har bir odam ko‘p marta yashashi mumkin. Xullas, inson miyasida ko‘p sir yashiringan. Uni anglashga hali aqlimiz yetmaydi. Sodda qilib aytganda, o‘tmishni eslay olmaymiz, tabiiyki, kelajak haqida hech narsa bilmaymiz.

T.Shomurodov tayyorladi.