Inson ruhiyatining biz bilmagan qirralari
Shunday vaqtlar bo‘ladiki, o‘zimiz bilan o‘zimiz kurashamiz. His-tuyg‘uga, nafsga berilib, hafsalasizlik qilamiz. Hayot ushbu kurashlar asosida shakllanganligini tushunib turib ham, qiyinchiliklar orqali erishgan g‘alabaga ham osonlik bilan yetmaganimizni anglaymiz.
Ushbu psixologik maslahatlar o‘zingiz bilan uyg‘unlikda yashab, hayotingiz o‘z qo‘lingizda ekanligiga ishonch hosil qildirsa, ajab emas.
1. O‘zingizga yaxshi muomala qiling
Qilgan xatolaringiz uchun o‘zingizni koyishdan asraning. Irodasizligingiz oqibatida rejalaringiz barbod bo‘lganida ham darg‘azab bo‘lmang. Oson bo‘lmasa-da, kamchiliklaringiz uchun o‘zingizni kechiring. O‘zingizni kechirgandagina, ongingizning axloq chegarasiga toyib ketishiga yo‘l qo‘ymaysiz va keyinga qoldirilgan ishlarning kuchayishini taqiqlaysiz.
2. “Bepul” tuzog‘iga ilinmang
Po‘l ko‘p sarflanadigan do‘konlarda, go‘zallik saloni, avtosalon yoki restoranlarda sizni juda ham ommalashib ketgan tuzoq kutishi mumkin.
Masalan, mana bu molni sotib olsangiz, ikkinchisi sizga bepul beriladi, biron xil sovg‘a beriladi yoki go‘zallik salonida navbatingizni kutib turgan paytda sizga bir piyola choy berishdi, biror bir do‘konda billur vazada qo‘yilgan shirinlik, restoranda qilgan buyurtmangiz tayyorlanayotgan paytda bosh oshpaz sizga xushomad qilib, berilgan kahva toifasidagi iltifotlar. Shu tariqa sizda ushbu muassasalarga “sodiqlik” shakllanadi.
3. Oz vaqt mutolaasi
O‘qishni yaxshi ko‘radigan, lekin o‘qishga vaqti yetmaydiganlar uchun bir maslahat. Biror bir kitob yoki asarni o‘qishni boshlab, oxirigacha yetkazolmay, o‘qishdan voz kechsangiz, eski va juda samarali usulni sinab ko‘ring: kuniga o‘zingiz o‘qiydigan sahifalar sonini belgilab boring. Masalan, kuniga 10 bet. Bu ko‘p ham emas, ko‘p vaqtingiz ham ketmaydi, o‘ntagina sahifa miyangizni charchatmaydi.
4. Xayoliy mashq qiling
Biror bir maqsadga erishmoqchi bo‘lsangiz, nima bilan band bo‘lsangiz ham kun davomida yoki uxlashdan oldin o‘zingiz uchun vaqt ajrating. O‘zingizga kerak bo‘lgan ko‘nikmani tasavvur qiling, orzu qilgan narsangizni batafsil ko‘z oldingizga keltiring. Faqat buyum yoki biror bir narsani emas, mahorat, tajriba, vaziyat bo‘la qolsin. Holva degan bilan og‘iz shirin bo‘lmaydi, deyishingiz bor gap. Masalan, chiroyli mashina olish havasi qalbingizni isitishi mumkin. Lekin ushbu mashina uchun pul ishlash harakatlarini vizual tarzda tasavvur qilish fikringizni tartibga solishda yordam beradi va aniq maqsad qo‘ygan bo‘lasiz. Inson miyasining o‘rganish qobiliyati shunchalik kattaki, hatto kerakli harakatlarning tasavvur etilishi ham ushbu harakatlar uchun javobgar bo‘lgan faoliyatini “yoqishga” majbur qiladi.
Demak, hayotingizni ma’naviy jihatdan yaxshilashingiz, aldanib qolmasligingiz, fikr yuritish tarzini yaxshilashingiz uchun ushbu tavsiyalarga amal qilishingiz kerak ekan.
Tasalli beradigan doirada qolmaslik uchun bugungi ishni ertaga qoldirmang, zaif tomonlaringizni kechiring, muvaffaqiyatlaringiz uchun o‘zingizni rag‘batlang.
Bekordan bekor pul sarflashni istamasangiz, “bepul” tuzog‘iga ilinmang.
Mutolaa qiling, bilimga bo‘lgan chanqoqlingiz uchun o‘zingizni maqtab qo‘yishni ham unumang.
Va nihoyat, inson fikrlari moddiylikka moyildir. Albatta yaxshi niyat qiling va orzularingiz amalga oshsin!