Instagram orqali 2019 yilda eng ko‘p pul topgan yulduzlarning top-5 taligi e’lon qilindi
1. Krishtiano Ronaldo – “Yuventus” klubining super hujumchisi Ronaldo dunyoda eng ko‘p obunachiga ega bo‘lgan futbolchi hisoblanadi. Uni 195 million obunachi kuzatib boradi. Ronaldoning 2019 yilgi instagram tarmog‘idan olgan foydasi 47,8 million dollarni tashkil etdi.
2. Leo Messi - Barcyelona klubining ramziga aylangan. "Futbol afsungari" 2019 yilda 23,3 million dollar foyda ko‘rdi. Uni 139 million obunachi kuzatib boradi.
3. Kendall Jenner - Uning 120 million obunachi bor va 15,9 million dollar foyda topadi.
4. David Bekhem - O‘z davrining eng kuchli fulbolchilaridan bo‘lgan Bekhem instagram tarmog‘ida 60 million obunachiga ega. 2019 yilgi tarmoqdan olgan foydasi 10,7 million dollarni tashkil etmoqda.
5. Selena Gomes – Amerikalik bu san’atkor instagram tarmog‘ida juda faol. U obunachilar soni bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinda turadi. 164 million obunachi uning postlarini kuzatib boradi va bir yilda 8 million dollargacha pul topadi.
Javohir HUSANOV tayyorladi.