Internetda narkotik moddalar reklamasi joylashtirilgan 1 300 dan ortiq resurslar o‘chirildi
AOKA va IIV organlari bilan hamkorlikda narkotik moddalari reklamasi joylashtirilgan manzil haqida xabar qabul qiluvchi @stopnarko_bot telegram-botini ishga tushirgan edi.
Mazkur telegram-bot ishga tushirilgandan so‘ng, botga jamoatchilik tomonidan ko‘plab ma’lumotlar kelib tushmoqda. Ushbu ma’lumotlar asosida tegishli o‘rganishlar olib borilib, shu kunga qadar ijtimoiy tarmoqlarda narkotik moddalar reklamasi, manzili haqida ma’lumot beruvchi 1 300 dan ortiq resurs faoliyati to‘xtatildi.
Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan «Telegram» kanallari va botlarini reklama qiluvchi devoriy yozuvlari (graffiti)ni tezkorlik bilan olib tashlash choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, 2022 yil davomida jami 2962 ta «narko-graffiti» aniqlanib, bartaraf etilufy/