"Investitsiya kuni"ga keling!

2019 yil 8 may kuni soat 9:00 dan 13:00 gacha Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida navbatdagi “Investitsiya kuni” o‘tkaziladi.

Unda viloyat hokimi E.Turdimov ishtirok etadi.

Uchrashuvda yangi investitsiya loyihalari va investitsiya takliflari, mavjud investitsion loyihalarda vujudga kelgan muammolarni ko‘rib chiqish, bo‘sh turgan ob’yektlarni investitsiya kiritish yo‘li bilan samaradorligini oshirish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Shunga ko‘ra, Samarqand viloyatida faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan salohiyatli investorlar, mahalliy tadbirkorlar hamda investitsion loyiha egalarini taklif etamiz.