Ipoteka krediti asosida uy xarid qilganlarga soliq imtiyozi bormi?

Bugungi kunda bu masala aksariyat yurtdoshlarimizni qiziqtirmoqda. Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2016 yil 22 noyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, dastur asosida 2020 yilning 1 iyuliga qadar “Ipoteka-bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan imtiyozli kredit hisobiga xonadon sotib olgan fuqarolar kreditni to‘lab bo‘lgunicha mol-mulk solig‘ini to‘lamaydi. Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish ob’yekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Jamshid Narziqulov,

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimi.