Iqtisodiy sud: 3 oyda ko‘rilgan ishlarning 43,7 foizi yoki 8395 tasi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi

Samarqand viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati hamda shahar, tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan 2025 yilning birinchi choragida 19208 ta iqtisodiy ish mazmunan ko‘rilib, hal etilgan.
Shundan 18329 ta da’vo qanoatlantirilgan, 699 ta da’vo rad qilingan, 96 ta ariza qonuniy asoslarga ko‘ra ko‘rmasdan qoldirilgan.
Ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16192 taga keskin ko‘paygan. Toifa bo‘yicha tahlil qilinganda, fuqarolik huquqiy munosabatlarga oid ishlar 2276 tani, ma’muriy huquqiy munosabatlarga oid ishlar 16793 tani, yakka tartibdagi tadbirkor va korxonalarning to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) bilan bog‘liq ishlar 120 tani tashkil qilmoqda.
Ko‘rilgan iqtisodiy ishlarning 43,7 foizi, ya’ni 8395 tasi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi. Ularning 83 tasi bo‘yicha qonunbuzilish holatlari aniqlanganligi uchun xususiy ajrimlari chiqarilgan.
Samarqand viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan yuqori instansiyalarida 178 ta ish ko‘rilgan, shulardan 140 ta yoki 70 foizida 1-instansiya sud hujjati o‘zgarishsiz, o‘z kuchida qoldirilgan bo‘lib, 29 tasi yoki 14,5 foizi bekor qilingan, 19 tasi o‘zgartirilgan. Yuqori instansiyada ko‘rilgan ishlarning 57 tasi apellyasiya instansiyasida, 82 tasi kassatsiya instansiyasida va 39 tasi taftish tartibida ko‘rilgan ishlardir.
Bu davrda iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rilib, da’vosi qanoatlantirilgan ishlar bo‘yicha da’vogarlar foydasiga 437 milliard 422 million 32 ming so‘m undirish haqida sud hujjatlari qabul qilingan. Iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rilgan 500 ta ish bo‘yicha da’vogarlar tomonidan respublika byudjetiga 1 milliard 458 million 915 ming so‘m davlat boji ixtiyoriy to‘langan. Sud qaroriga asosan 8 milliard 138 million 762 ming so‘m davlat boji undirish belgilanib, ijro uchun yuborilgan.
X.Tursunov,
viloyat sudi raisi o‘rinbosari.