Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 6,2 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida soliq tushumlari 10,3 foizga, bojxona tushumlari esa 14,5 foizga oshgan. Joriy yilning birinchi oyida 6 126 yangi tadbirkorlik sub’yekti tashkil etildi. Shu bilan birga, tovar eksporti 8,1 foizga oshdi.

Ijobiy tendensiyalar Ishbilarmonlik faolligi indeksining (IFI) o‘sishi bilan o‘z tasdig‘ini topmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi baholashiga ko‘ra, u 2025 yil yanvar oyida o‘tgan oyga nisbatan 8,4 foizga o‘sgan.

IFI tarkibida tovar-xom ashyo birjasida xomashyo xarid qilish intensivligi 33,3 foizga sezilarli darajada oshgani va faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 1,1 foizga o‘sgani qayd etildi.