Irlandiyalik ayol ikki marta dafn etilgan

1705 yilda irlandiyalik ayol Marjori Makkol bezgakdan vafot etdi va kasallik tarqalishining oldini olish uchun u imkon qadar tez ko‘mildi. Ayol qimmatbaho uzuk bilan tobutga joylashtirildi. Eri esa shish tufayli uzukni xotinining qo‘lidan yecha olmadi. Bu qabr dafn etilganlarning qimmatbaho narsalarini o‘g‘irlaydiganlar e’tiborini jalb etdi. O‘sha oqshom yer hali yumshoqligidan foydalanib, jinoyatchilar qabrni qazib, tobutni olib chiqishdi. Ular ham uzukni yecha olmay, ayolning barmog‘ini kesishga qaror qilishdi. Kesilgan joydan qon paydo bo‘lishi bilan Marjori komadan uyg‘onib, tobutda o‘tirib oldi va qo‘rqqanidan baqirib yubordi.

O‘g‘rilarning taqdiri noma’lumligicha qoldi. Ba’zi gaplarga ko‘ra, ular hushidan ketib o‘lib qolganini, boshqalar esa ular orqasiga qaramasdan juftakni rostlaganini aytishadi. Marjori tobutdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi va uyiga yo‘l oldi.

Marjorining eri Jon Makkol uyda bolalari bilan birga o‘tirganida eshik taqillaganini eshitdi. U bolalariga: “Agar onangiz tirik bo‘lganida, men bu uning taqillatishi deb qasam ichgan bo‘lardim”, dedi. Qulfni ochib, eshik orqasida dafn marosimi kiyimida, qo‘lidan qon tomchilab turgan xotinini ko‘rdi va o‘lik holda yiqildi. Ertasi kuni u xotini bo‘shatgan tobutda dafn qilindi.

Marjori yana ko‘p yil yashadi, qayta turmush qurdi va farzandlar ko‘rdi. Nihoyat vafot etgach, u o‘sha Shenkill qabristonida (Irlandiyaning Lurgan shahri) dafn qilindi. Uning qabr toshi hozirgacha saqlanib qolingan va unda shunday deb yozilgan: “U bir marta yashab, ikki marta dafn etilgan”.

Bahora tayyorladi.