Ish beruvchi qaysi hollarda vaksina olmagan ishchini ishdan chetlashtirishi mumkin?
Mehnat kodeksining 113-moddasi 3-qismiga muvofiq, agar xodim karantin va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarni tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘i holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda), ish beruvchi tomonidan ishdan chetlashtirish mumkin.
Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiya tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmaslik, shuningdek karantinli va odam salomatligi uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarni tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda profilaktik emlashdan o‘tishni rad etish Mehnat kodeksining 113-moddasi 3-qismiga asosan xodimni ishdan chetlashtirish bo‘yicha buyruq chiqarishga asos bo‘ladi.
Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyazmetova ma’lumot berdi.