Ishga kiritib qo‘yish uchun 5 ming dollar: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi

 

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJga qarashli Janubiy kon boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Qo‘shrabot tumanida yashovchi 2 kishini ushbu kon boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs 2023 yilning sentyabr oyida “Zarmitan” koniga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, Qo‘shrabot tumanida yashovchi 4 nafar fuqarodan jami 9 ming dollar olgan va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.