Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qanday standartlarga javob berishi kerak?

Qayd etilishicha, keyingi ikki yilda 1133 ta xalqaro standart amaliyotga joriy etilgan va ularning soni 3800 dan ortgan. Jumladan, BMTning Yevropa Iqtisodiyot komissiyasi meva-sabzavot va quritilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga tegishli 77 standart, Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining 24 ta "Kodeks alimentirius" standart­lari qabul qilingan. Natijada amaldagi standartlarning xalqaro talablar bilan uyg‘unlashganlik darajasi 13 dan 17 foizga yetkazilgan.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish uchun "Global G.A.P" standarti qabul qilindi, – deydi viloyat standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i Mamasodiq Saidov. – Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro talablarga moslashtirish va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida 1102 ta tashkilotning standarti o‘rniga yagona talablarni belgilovchi 15 ta standart ishlab chiqildi. Hozirgacha 7698 ta korxonada sifat menejment tizimlari joriy etilgan bo‘lsa, shularning 1256 tasi 2018 yilda qayd etildi.

 

O‘.QO‘ZIBOYeV.