Ishlayman degan tadbirkorning qarzidan ham kechiladi

 Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish, mazkur bandning tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hollarda amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur farmon bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslardan tegishli faoliyat turi bo‘yicha belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan bir yillik miqdordagi qat’iy belgilangan soliqni bir yo‘la undirish tartibi bekor qilinganini ta’kidlash lozim.

Joriy yilning 1 sentyabridan tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilindi. Demak, tekshiruvlarni tayinlashning 2 ta algoritmi joriy etilmoqda. Jumladan, ularning bir qismi Bosh prokuratura (Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tugatilganidan keyin vakolatli organ) bilan kelishilgan holda, boshqalari esa Bosh prokuraturani xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart. Shuningdek, Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.

Mazkur farmon iqtisodiyotimizning muhim bo‘g‘ini va tayanchi hisoblangan tadbirkorlarning faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning huquq va manfaatlarini mustahkam himoya qilish, ishbilarmon doira vakillari uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

Dilshod Zayniyev,

viloyat davlat soliq

 boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i