Ishonchli vakil xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi
Jomboy tumanida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Hamzayevning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Shavkat Hasanov saylovchilar va xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda nomzodning saylovoldi dasturida mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qilishga qaratilgan bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Xususan, dasturda tabiiy dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini ko‘paytirish orqali mahalliy dorivor o‘simliklar xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlarni ovlash va o‘simlik turlarini tabiatdan ajratib olishga 10 yillik moratoriy e’lon qilish kabi muhim masalalar o‘rin olganligi alohida qayd etildi.
Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar va nomzodning saylovoldi dasturiga munosabat bildirildi.