Ishsizlik nafaqasi qancha muddat beriladi?

Savolga Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva javob berdi:

➖ Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan:

▫️ ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga o‘n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;

▫️ ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o‘n uch kalendar hafta mobaynida to‘lanadi.

🔕 Shuningdek, ishsiz shaxs ishga joylashganda hollarda ishsizlik nafaqasini to‘lash bekor qilinadi.