Ishtixonda 28,8 milliard so‘mlik elektr energiyasidan o‘g‘rincha foydalangan shaxs aniqlandi
Holat «O‘zenergoinspeksiya» viloyat hududiy boshqarmasi, IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, DXX, IIB va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi «M.G.M.» oilaviy korxonasiga qarashli binoning yon qismida joylashgan yerto‘lada umumiy ulangan quvvati 244,4 kVtni tashkil etgan 89 ta mayning qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 28 mlrd. 896 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.