Ishtixonda xonadon yerto‘lasidan 1,5 kilogramm “marixuana”ni saqlab kelgan shaxs aniqlandi

26 oktyabr kuni “Qoradori-2020” tadbirining 2-bosqichida Ishtixon tumani IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotga ko‘ra, Yug‘ontepa mahallasida yashovchi, 58 yoshli yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Q.Sh.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yerto‘ladan “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu giyohvandlik vositasi daliliy ashyo sifatida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Samarqand viloyati IIB ekspert-kriminalistika bo‘limi tomonidan 26 oktyabrdagi ma’lumotnomasida, fuqaro Q.Sh.ning yashash uyini ko‘zdan kechirishda topilgan yashil rangli, o‘tkir hidli, quruq holdagi modda tarkibida giyohvand modda – “tetragidrokannabinol” mavjudligi, bu modda “marixuana” giyohvandlik moddasi turiga kirishi va sof og‘irligi 1.544,02 grammga tengligi ko‘rsatilgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.