Ishtixondagi xonadonga 1 metrli echkiemar kirib qolgan
- 17.09.2021 16:53
- 341
- Hodisa

Ishtixon tuman “Beshkapa” MFY Suluvqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.Abdullayevaning xonadoniga bo‘z echkiemari kelib qoladi. Bu haqda Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga xabar bergan.
Ishtixon tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari joyiga borib holatni o‘rganganda O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan bo‘z echkiemar murojaatchining xonadoniga kelib qolganligi, uning uzunligi taxminan 1 metrligi va holati qoniqarli ekanligi aniqlangan.
Shundan so‘ng, joyida dalolatnoma rasmiylashtirilib, xonadon sohibiga minnatdorchilik bildirib, kunning ikkinchi yarmida Ishtixon tumanining Ho‘jaqo‘rg‘on dasht hududiga olib borilib, ona tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Vatan, gulxan bo‘lay o‘choqlaringda!
- Kecha, 17:41
- Madaniyat
Germaniya – yoshlar uchun imkoniyatlar mamlakati
- Kecha, 14:08
- Tijorat
Navoiyshunos olimlar anjumani
- Kecha, 14:06
- Samarqand
“Men endi osuda yashay olmayman”
- Kecha, 12:34
- Mutolaa