Ishtixonlik shaxs buxorolik bir nechta fuqarolarning plastik kartasidan pullarni o‘mardi

2022 yilning 4 noyabr kunidan 2023 yilning 16 fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Romitan tumani Iftixor mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan ayolning plastik kartasidan hamda yana 5 nafar fuqarolarning plastik kartalaridan jami 37 mililon so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan IIB idoralari tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Ishtixon tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan R.A. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.