Islom - bu salomatlik, tinchlik va ogohlik

Samarqand xalqaro aeroportida 7252-harbiy qism xizmatchilari, hududdagi Yuksalish, Zarafshon mahallalari faollari ishtirokida diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yo.Mansurov, Samarqand transport prokuraturasi mas’ul xodimlari A.Doniyorov, A.Ochilov ayrim yoshlarimizning ota-onasini yig‘latib Suriya, Iroq kabi fitna o‘choqlariga ketishga uringanini misollar asosida so‘zlab berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga «Nadomat» hujjatli filmi namoyish etildi.

O‘z muxbirimiz.